<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Sen hayotimni qutqargan,
 Qoning bilan sotib olgan
 Oʻlim zanjirlarin uzgan,
 Gunohlardan ozod qilgan
 Borligím bilan ulugʻlayman,
 Ulugʻvor betakror ismingni, Iso
 Naqadar baxti deb atalar,
 Seni panohim deb bilgan insonlar

[C1]
   Yuragim talpinar huzuringa,
   Rabbim Iso
   Hayotim mazmunisan
   Najotkorim Rabbiy, Xudo

[V2]
 Sevging ila yorugʻ dunyo,
 Sensiz quyosh zulmatdek, goʻyo
 Hayotim mazmuni Oʻzing, Iso,
 Ishonchim, umidim Sensan, Xudo
 Hayotimdagi panohim,
 Qoning ila yuvding gunohim
 Muqaddas Ruhing hamrohim,
 Ulugʻvorliging koʻrar nigohim

[C2]
   Yuragim talpinar huzuringa,
   Rabbim Iso
   Hayotim mazmunisan
   Najotkorim Rabbiy, Xudo

[B1]
   Hamdlar boʻlsin
   Olqishlar boʻlsin
   Yuksalgin Sen,to abad

[V3]
 Zabur 22:1-3
 Egam Mening choʻponimdir,
 Men muhtojlik koʻrmasman aslo.
 Yam - yashil yaylovlarda U menga orom beradi,
 Sokin irmoqlar boʻyida U meni yetaklaydi.
 U menga qayta kuch baxsh etadi.
 Oʻzining nomi haqi - hurmati
 Meni toʻgʻri yoʻlga boshlaydi.&quot; Omin!</lyrics>
<title>Yuragim Talpinar</title>
</song>